Admin hisobi .env dagi FO2_ADMIN_LOGIN / FO2_ADMIN_PASSWORD bilan yaratiladi. Oddiy foydalanuvchi bu panelga kira olmaydi.
Mijoz kabinetdan ariza yuboradi → siz telefon qilib to'lovni kelishasiz → Ochish bosib hujjat sonini va olingan summani yozasiz. Balans shu zahoti to'ladi, hisob «faol» bo'ladi. To'lov kelmasa — Rad etish.
Qatorga bosing — hisob kartasi: qurilmalar, arizalar, jurnal, paket berish, tuzatish, bloklash, parol tiklash. Yangi — ro'yxatdan o'tgan, hali paket olmagan; Faol — paket ochilgan; Bloklangan — ishlay olmaydi.
Har bir kompyuter bitta hisobga bog'lanadi. Ulangan — desktop dastur kirib, maxfiy kalit olgan; kutilmoqda — kod kabinetdan qo'lda kiritilgan, dastur hali kirmagan. O'chirilgan kompyuter keyingi ochilishda qayta login so'raydi va boshqa hisobga qo'shilishi mumkin.
Oxirgi 500 ta harakat, butun baza bo'yicha. Har bir sarf va to'ldirish shu yerda.
Faqat tayyor .db qabul qilinadi (40 MB gacha). Ishlab chiqaruvchining Excel'i yoki vazirlik PDF'ini fo2shnk catalog buyrug'i shu bitta faylga aylantiradi — o'n minglab qatorni veb so'rovi ichida o'qish serverni to'xtatadi, shuning uchun bu yerda konvertatsiya yo'q. Yuklash butun do'konni almashtiradi: eskisi yonida .bak bo'lib qoladi.
Bu narxnoma hamma mijozlar uchun umumiy — yuklanishi bilan veb va desktop generatsiyalari yangi narxlarda ishlay boshlaydi. Mijozlarning o'zlari kiritgan narxlari bunga tegmaydi: ular hisobga bog'langan va alohida saqlanadi.
Oflayn kalitlar — KeyGen chiqargan va api.pto.uz ga yozgan sotuvlar.
Sarflangan — o'rnatilgan dastur yuborgan eng katta son (har kompyuter butun
hisoblagichini yuboradi, shuning uchun yig'indi emas). Kompyuter ustunida 1 dan
ko'p bo'lsa — bitta kalit bir nechta kompyuterda ishlatilmoqda. «Ro'yxatsiz» — dastur
yuborgan, lekin KeyGen yozmagan kalit (eski yuqori-S imzoli kalitlar shunday ko'rinadi).
Kompyuteringizda installeruild.ps1 bilan MSI ni yasang va shu yerga yuklang.
Yuklangan zahoti pto.uz dagi «Windows uchun yuklab olish» tugmasi yangi versiyani beradi —
serverga kirish, fayl ko'chirish yoki qayta deploy qilish shart emas.
Sotilgan — balanslarga qo'shilgan hujjatlar (paketlar + musbat tuzatishlar); sarflangan — veb va desktop generatsiyalari; qoldiq — mijozlar balansidagi hali ishlatilmagan hujjatlar (majburiyat). Daromad — ochilgan arizalardagi summalar yig'indisi. Qarz — balansdan oshib ketgan hujjatlar: oflayn ishlagan kompyuter balansni bilmay turib ishlab qo'ygan bo'lishi mumkin. Keyingi paket ochilganda o'zi qoplanadi; raqam kattalashib borsa — mijoz dasturiga qarash kerak.